Алишер Нематов, Jaloliddin Ahmadaliyev - Кимсалар | Текст песни

Agar ishi tushsa bo’lar muloyim,
Mening ishim tushsa yuz burar doim.
Joyingiz jannatdan bo’lsin ilohim,
Meni sindirmoqchi bo’lgan kimsalar.

Mansabing bormi hali sharobing ichar,
Tunu kun maqtaydi borini sochar.
Gar nafim tegmasa kafanim bichar,
Meni so’ndirmoqchi bo’lgan kimsalar.

Mansabing bormi hali sharobing ichar,
Tunu kun maqtaydi borini sochar.
Gar nafim tegmasa kafanim bichar,
Meni so’ndirmoqchi bo’lgan kimsalar.

Non tuzimni yeb turgan kimsalar,
Bildirmay ortimdan kulgan kimsalar.
O’zi kimligini bilgan kimsalar,
So’ndirmoqchi, sindirmoqchi bo’lgan kimsalar.

Non tuzimni yeb turgan kimsalar,
Bildirmay ortimdan kulgan kimsalar.
O’zi kimligini bilgan kimsalar,
So’ndirmoqchi, sindirmoqchi bo’lgan kimsalar.

Ko’nglimga yo’l topib nonimni totar,
Ilonday poyt paytlab bag’rimda yotar.
Sirimni fosh etib nomimni sotar,
Meni so’ldirmoqchi bo’lgan kimsalar.

Do’st edi ishondim qo’limni berdim,
Ayyorga qaydanam dilimni berdim.
Oh yomon pand yedim jigarim derdim,
Meni tildirmoqchi bo’lgan kimsalar.

Pul bor qani endi shartingiz ayting,
Sizga qancha kerak dardingiz ayting.
Qadringizni emas narhingiz ayting,
Yo’lda qoldirmoqchi bo’lgan kimsalar.

Bir o’zing qo’llagin yaratgan egam,
Ularga boshimni egmagin hech ham.
Men o’zingga soldim ularni har dam,
Sinovda ustimdan kulgan kimsalar.

Bir o’zing qo’llagin yaratgan egam,
Ularga boshimni egmagin hech ham.
Men o’zingga soldim ularni har dam,
Sinovda ustimdan kulgan kimsalar.

Non tuzimni yeb turgan kimsalar,
Bildirmay ortimdan kulgan kimsalar.
O’zi kimligini bilgan kimsalar,
So’ndirmoqchi, sindirmoqchi bo’lgan kimsalar.

Non tuzimni yeb turgan kimsalar,
Bildirmay ortimdan kulgan kimsalar.
O’zi kimligini bilgan kimsalar,
So’ndirmoqchi, sindirmoqchi bo’lgan kimsalar.


Главная » Поп-музыка » Алишер Нематов, Jaloliddin Ahmadaliyev - Кимсалар | Текст песни