Muhammadziyo Anvarov - Bir so'mi yo'q boyvachcha | Текст песни
0 0
Караоке
Слова песни исполнителя Muhammadziyo Anvarov. Читайте текст онлайн с любого устройства — легко и удобно!

Muhammadziyo Anvarov - Bir so'mi yo'q boyvachcha | Текст песни

Текст песни


Gerdayvolib yurarmish,
Qo‘l uchini berarmish.
O‘z holiga qaramay,
O‘zgalarga kularmish —
Bir so‘mi yo‘q boyvachcha.

Qarzga zanjir taqvogan,
Kreditga minvogan,
Boy maskani taqvogane —
Bir so‘mi yo‘q boyvachcha.

Qo‘yolmas uyga eshik,
Gapda beton — u kerak.
O‘zi paypog‘i teshik —
Bir so‘mi yo‘q boyvachcha.

Kerilmagan kuni yo‘q,
Butun ichki kiyimi yo‘q,
Sigaretgayam puli yo‘q —
Bir so‘mi yo‘q boyvachcha,
Bir tini yo‘q boyvachcha.

Dunyo meniki, deydi,
Davron meniki, deydi,
O‘zi qarzga osh yeydi —
Boy «kulturniy» boyvachcha,
Bir so‘mi yo‘q boyvachcha.

Qart kirib, deydi: "Qalay?"
Tekin yutar yamlamay.
Og‘zi polvon — biramay,
Bir so‘mi yo‘q boyvachcha.

Mensimaydi birovni,
Go‘yo Xoloqon sultondek.
Kulaymi yo yig‘laymi —
Bir tini yo‘q boyvachcha.

Kerilmagan kuni yo‘q,
Butun ichki kiyimi yo‘q,
Sigaretgayam puli yo‘q —
Bir so‘mi yo‘q boyvachcha,
Bir tini yo‘q boyvachcha.

Комментарии (0)
Добавить
Если вдруг заметили опечатку, или просто хотите подправить что-то, не стесняйтесь и пишите в комментариях. Мы все тут за безупречный текст!

АудиоТекст » Поп-музыка » Muhammadziyo Anvarov - Bir so'mi yo'q boyvachcha | Текст песни