Yulduz Usmonova - Tut qo’limdan

Yulduz Usmonova - Tut qo’limdan

Uylanarmiz, to`y qilarmiz,
Balki farzandlar bo`lar.
Biri menday shoir bo`lsa,
Biri senday she’r bo`lar.

Faqat jonim, umid uzmagin,
Bu sinov kunlar o`tar.
Sinovning dushmani – sabr,
Bizdan qochar bulutlar.

Tut qo`limdan, meni ko`p sev,
Kimsaga berma meni.
Sevsang agar, bir umr sev,
Bir kunlik sevma meni.

Yaxshi kunda, yomon kunda,
Ko`ksingda saqla meni.
G`arib ko`nglimning malhami,
Yolg`iz tashlama meni.

Kel yorim, tut qo`llarimdan,
Jonim yovga yedirma meni.
Men ham seni jondan sevdim,
Qalbingdan otma meni.

Har ne, shamol, bo`ron kelsa,
Aslo qo`rqitmas meni.
Faqat yorim, sen vafoli bo`lgin,
Men umrbod sevay seni.

Tut qo`limdan, meni ko`p sev,
Kimsaga berma meni.
Sevsang agar, bir umr sev,
Bir kunlik sevma meni.
Yaxshi kunda, yomon kunda,
Ko`ksingda saqla meni.
G`arib ko`nglimning malhami,
Yolg`iz tashlama meni. (x1+x1)

Yolg`iz tashlama meni…

Главная » Поп-музыка » Yulduz Usmonova - Tut qo’limdan