Yor-yor aytmang, yor-yor.
Qalbim yig‘lar, yor-yor.
O‘lan aytmang, yangalar,
Yurak qaqshar zor-zor,
Yurak yig‘lar zor-zor.
Hay-hay, o‘lan, jon o‘lan!
Kim sevmagan, yor-yor!
Bir gul edim, ko‘z kuygan,
Qo‘l tegmagan, yor-yor!
Qomatiga qul bo‘lgan,
Men yuzlari qaro qiz!
G‘am qolmadi dunyoda
Men ko‘rmagan, yor-yor!
Men o‘lanning dardini
Totoyapman, onajon.
O‘z ko‘ksimga o‘zim tosh
Otayapman, onajon.
Sevganimga baxt tilab,
Ko‘hna dunyo ko‘shkiga
Qaytib chiqmas oy bo‘lib,
Botayapman, onajon.
Yor-yor aytmang, yor-yor.
Qalbim yig‘lar, yor-yor.
O‘lan aytmang, yangalar,
Yurak qaqshar zor-zor.