Ozoda - Hayati, текст песни

Ozoda - Hayati, текст песни

Qish etagin tortsa, nahor ko`rinadi,
Qish to`shagin tortsa, bahor ko`rinadi.
Yomon bo`lsang, ko`rganing ham yomon bo`lar,
Yaxshi bo`lsang, gulu-gulzor ko`rinadi.

Yomon bo`lsang, ko`rganing ham yomon bo`lar,
Yaxshi bo`lsang, guli-gulzor ko`rinadi.

Hayot, yig`lasam kulma, hayot,
Yashashga kuch bergin menga.
Olma madorim, hayot,
Hayot, hayot, hayot, hayot.

Yig`lasam kulma, hayot,
Yashashga kuch bergin menga.
Olma madorim, hayot.

Saharlarda qushlar qilar chug`ur-chug`ur,
Oqshomlarda oshiqlarda shivir-shivir,
Hayot juda go`zal, juda shirin-shirin,
Sabr qilsak, baxtu-iqbol ko`rinadi.

Hayot juda go`zal, juda shirin-shirin,
Sabr qilsak, baxtu-iqbol ko`rinadi.

Hayot, yig`lasam kulma, hayot,
Yashashga kuch bergin menga.
Olma madorim, hayot,
Hayot, hayot, hayot, hayot.

Yig`lasam kulma, hayot,
Yashashga kuch bergin menga.
Olma madorim, hayot.

Hayot…

Главная » Поп-музыка » Ozoda - Hayati, текст песни