Jasmin - Zaynab bilan qoling begim | Текст песни
1 0
Караоке
Слова песни исполнителя Jasmin. Читайте текст онлайн с любого устройства — легко и удобно!

Jasmin - Zaynab bilan qoling begim | Текст песни

Текст песни


Boshingni ko`ksimga qo`ygan lahzalar
Qalbimni muhabbat mayin erkalar.
Jannat bog`larida mast bo`lgan yurak
Ohista boshlaydi nozik allalar…

Sizga bir armon bo`lay, zolim begim,
Jayron bo`lay, quvib yeting, qoling begim. (x2)
Marg`ilonning yo`liga boshim qo`yib,
Man ketaman, Zaynab bilan qoling, begim. (x2)

Oo-oo, oo-oh,
Man ketaman, Zaynab bilan qoling, begim. (x2)

Yorginam visoliga jonim beray,
Jon emas, bu jahonim, borim beray.
Yashnagaymu bir quchoqda ikki gul –
Man ketay, Zaynab bilan qoling, begim.

Yashnagaymu bir quchoqda ikki gul –
Man ketay, Zaynab bilan qoling, begim.

Oo-oo, oo-oh,
Man ketaman, Zaynab bilan qoling, begim. (x2)

Qani ul qayrilma qosh Kumush, demang,
Ko`zlaringiz nega yosh, Kumush, demang,
Otabekni jonidan suygan ko`ngil,
Man ketay, Zaynab bilan qoling, begim.

  • Исполнители: Jasmin
  • Просмотров: 374

Комментарии (0)
Добавить
Если вдруг заметили опечатку, или просто хотите подправить что-то, не стесняйтесь и пишите в комментариях. Мы все тут за безупречный текст!

АудиоТекст » Слова песни » Jasmin - Zaynab bilan qoling begim | Текст песни