Jaloliddin Ahmadaliyev - Кетсам мени тополмайсан | Текст песни

Jaloliddin Ahmadaliyev - Кетсам мени тополмайсан | Текст песни

Ha, bilaman ko’p ishing
Tanish bilish do’st kishing
Ko’paydimi tashvishing
Ko’rinmay ketting bolam
Suratingga boqsam jim
Ko’zlarimga ashkim lim
Nima qilay sig’indim
Ko’rinmay ketting bolam
Sog’ — omonmi yor banding
Nabirang asal qandting
Og’ir botdi bu panding
Ko’rinmay ketting bolam
Jon yo’q, jon ber qushimda
Sog’inch qiynar xushimda
To’rt kundir-ki tushumda
Ko’rinmay ketting bolam
Kecha to’lin bo’ldi oy
Hol so’rmoqqa sharmu-toy
Mehmoningman berma voy
Ko’rinmay ketting bolam
Kelsang, kel deb jon tutdim
Dardlarim ichga yutdim
Juda, juda ko’p kutdim
Ko’rinmay ketting bolam
Boray desam holim yo’q
Keksalik urmoqda do’q
Naxot mensiz ko’ngling to’q
Ko’rinmay ketting bolam
Foniy der bir rovulda
Halovat kam yovulda
Sen o’ynagan hovlida
Ko’rinmay ketting bolam
Oshibdi shon danvating
Tog’ bo’libdi savlating
Mehir bermoq navbating
Ko’rinmay ketting bolam
Yetmishdaman ko’z xira
Kunda uyda hamshira
Sog’inmaysanmi sira?
Ko’rinmay ketting bolam
Ismim marmar toshida
G’ozsan qirqim oshida
Yilki qabrim boshida
Ko’rinmay ketting bolam
Hech bitganmi g’am, ishing?
Ro’zg’or, kulfat, tashvishing
Bormi mendek zor kishing
Ko’rinmay ketting bolam

Topolmaysan tuproq hokim
Kafanimni yirtib chokin
Hatto qabrim turar sokin
Dunyolardan o’tar bo’lsam
G’amlar kelsa mendan g’olib
Xudoga arz qilsang nolib
Bu dunyodan boshim olib
Ketsam meni topolmaysan
Bolama bolam, bolama bolam
Ketsam meni topolmaysan

Ey bolama bolam, bolama bolam
Ketsam meni topolmaysan
Dunyo kezib izlasang ham
Bo’z to’rg’aydek bo’zlasang ham
Tuproq quchib yig’lasang ham
Bolam meni topolmaysan

Yuzim so’lg’in, sochlarim oq
Havotirdan g’amgin nigoh
Jonim bola kpzimga boq
Ketsam meni topolmaysan
Bolama bolam, bolama bolam
Ketsam meni topolmaysan
Ey bolama bolam, bolama bolam
Ketsam meni topolmaysan

Qo’shig’ingda qolar alam
Yuragingni bosadi g’am
Dunyolarni izlasang ham
Bolam meni topolmaysan

Ro’molimni hidlab hidlab
Onajon deb dod — dod yig’lab
Ming bir afsus nadomatda
Qolsang meni topolmaysan

Bolama bolam, bolama bolam
Ketsam meni topolmaysan
Bolama bolam, bolama bolam
Ketsam meni topolmaysan
Ketsam meni topolmaysan

Главная » Слова песни » Jaloliddin Ahmadaliyev - Кетсам мени тополмайсан | Текст песни