Достон Эргашев - Afsus | Текст песни

Ota onam davrida
Iliklarim to'q edi
Tongda chiqib ko'chaga
Qaytar edim saharda

Shovqin solib kezardim
Do'stlar bilan shaharda

Na bir kitob qo'limda
Na iymon bor tilimda
Shaytonning vasvasasi
Aylanardi tilimda
Yoshlik davrin do'stlarim
Surish kerak dedimda
Men segaret aroqqa
Buzilmas do'st edimda

Har kun bitta go'zalni
Aldar edim erkalab

Unutardim tun o'tgach
Yangisi bor ertalab

So'ngra shayton ulfatlar
Qo'shdi meni qimorga
Or nomusim bu o'yinda
Tikilarkan bekorga
Endi uyga saharda
Qaytishlar ham yo'q edi
Hakalak otgan nafsim
Biroz shundan to'q edi

So'ngra ulanib ketdi
Birin ketin illatlar

Bugun berar akalar
Qilmay avval minnatlar

Vaqt o'tib bu og'uning
Tobesiga aylandim
Har kun borib aka deb
Yalinishda shaylanib
Endi akalar mendan
Pul so'rab ish tutardi
Har kun tomirim qaqshab
Xumor bag'rim titardi

Главная » Слова песни » Достон Эргашев - Afsus | Текст песни