UZmir, Mira - Sog'inaman | Текст песни

UZmir, Mira - Sog'inaman | Текст песни

Ko'nglimni ko'tarib
Olganda topilmas kimsa
Qaniydi sevganim
Unga o'rganib qolganimni bilsa

Ayamay bag'rimni tilsa
Nima qilay umid bersa
Ortidan boraman olib qolish uchun
Agarda ergashib kelsa
O'zinga o'rgatib
Olib ketolmayapsan a
Kuchingni ko'rsatib
Moshinanga solib ketolmayapsan a
Bir bora qo'ng'iroq qilib
Kechir deya aytaolmayapsan a
Qara kecholmayapsan a
Men ham unutolmayapman a

O'zgacha edi birga qilgan o'sha orzular
Seni sog'inib hayolda qilib parvoz tunlar
Yashashim uchun bermading bir bor imkon
Tikon tikon tikon tiling hamon tikon

O'zgardim dema qulay fursatni poylarding
O'zinga meni kundan kunga boylarding
Oldingdan oqqan suvni qadrini bilmasding
Man qurg'urni ham hatto nazarga ilmasding
Sog'inaman sog'inaman dunyolarga sig'mayin
Sog'inaman sog'inaman qaytib kelgin jilmayib
Sog'inasan sog'inasan hidlarimni ahtarib
Sog'inasan sog'inasan dunyolarni to'ntarib

Sog'inaman sog'inaman dunyolarga sig'mayin
Sog'inaman sog'inaman qaytib kelgin jilmayib
Sog'inasan sog'inasan hidlarimni ahtarib
Sog'inasan sog'inasan dunyolarni to'ntarib

Ishq ko'chasi menga begona bo'ldi
Xiyonat qildim balki u mendan to'ydi
Peshonamga yozilgani shu bo'ldi
Kechir imkoni bo'lsa paymonam to'ldi
To'rt devor guvoh oqqan har ko'z yoshimga
Ne azoblar kelmadi bu yosh boshimga
Sherik bo'lmasin begona mani oshimga
Qoil qolaman bazida bardoshimga

Kel yashaylik hamma dardimga malxam bo'l
Yoninga boraman jonim o'zinga maxkam bo'l
O'tmishga qolsin xatolarga ko'z yumaylik
Jonim endi bir xatoni deb ajrashmaylik

Hey otam bilmadi onam bilmadi bu dardimni
Kunda ketding o'zgaga bajarmay shartlarimni
Nega qo'yningda tunda o'zgasi tovlanardi
Hamma ayblaring jonim bu qalbga jim joylanardi
Yana bitta oila buzilmasin desang
Qarshimizda sudya
Qani o'zing yetkazsang
Barchasi abadiy vaqtga to'larmidi
Bizni havas qilgan nechasi ko'rarmidi

Lekin u ko'zlaringda qattiylik ko'rayapman
Shuncha yil sevmaganmi
Ichimda o'layapman
Ahir bu orada o'ylagin bola bor
Yana o'ylab ko'rgin so'ngi bir chora bor

O'zizni bosing olti oy imkon berdi
Shu vaqtgacha ishoning ikkita qilmayman erni
Hayotizga kirib chiqqan ayollar bilan yashab
Mehrimni topib ko'ring mani yolg'iz tashabsiz
Ayriliqda ayoliz qadrini bilvolarsiz
Shu bahona yaxshi yo'lga amallab kirvolarsiz
Ayollarni makri biling 40 tuyaga og'ir
Kechirdim zuhro bo'lay siz bo'ling menga Tohir

Sog'inaman sog'inaman dunyolarga sig'mayin
Sog'inaman sog'inaman qaytib kelgin jilmayib
Sog'inasan sog'inasan hidlarimni ahtarib
Sog'inasan sog'inasan dunyolarni to'ntarib

Sog'inaman sog'inaman dunyolarga sig'ayin
Sog'inaman sog'inaman qaytib kelgin jilmayib
Sog'inasan sog'inasan hidlarimni ahtarib
Sog'inasan sog'inasan dunyolarni to'ntarib
Man qurg'urni hatto
nazarga ham ilmasding
Sog'inaman sog'inaman
Dunyolarga sig'mayin
Sog'inaman sog'inaman

Qaytib kelgin jilmayib
Sog'inasan sog'inasan
Hidlarimni axtarib
Sog'inasan sog'inasan

Главная » Слова песни » UZmir, Mira - Sog'inaman | Текст песни