Dilnoz, Mirjalol Nematov - Ishq | Текст песни

Dilnoz, Mirjalol Nematov - Ishq | Текст песни

Yolg'izginam sirdoshim mani
Dunyolarga alishmam sani
Degan o'sha vadalar qani
Vadalarda qolib ketdi ishq
Kuyib kuyib yonib ketdi ishq

Biz uchrashgan bog'lar hamon bor
Balkim bizdan hamon umidvor
Uchrashmaymiz shunchaki takror
Ishonch emas gumon bo'ldi ishq
O'sha bog'da hazon bo'ldi ishq

Oshiq edim yorim vaslida
Sevildim seb sevdim aslida
Bilsam ikki qalb o'rtasida
Sargardonu sarson bo'ldi ishq
Eh shunchalar arzon bo'ldi ishq

Achinmaydi kimsa qadriga
Ozor berib ming bor qalbiga
Quloq tutmaydilar dardiga
Layli Majnun doston bo'ldi ishq
Bizga kelib tamom bo'ldi ishq

Erkam endi afsuslar bekor
Yoshga to'lgan bu ko'zlar bekor
Bizni deya hastayu bemor
Sho'rlik holi yomon bo'ldi ishq
Chidolmadi vayron bo'ldi ishq

Главная » Слова песни » Dilnoz, Mirjalol Nematov - Ishq | Текст песни