Qilichbek Madaliyev, Sanjarbek Madaliyev - Ukam | Текст песни

Qilichbek Madaliyev, Sanjarbek Madaliyev - Ukam | Текст песни

Kechagina ergasharding qayga borsam,
Bugun beparvosan hatto ming yolvorsam.
Yonimda tur, bo`y-bastingni ko`ray har dam,
Ukam bor, deb ko`ksim kerib yuray men ham.

Katta bo`lib, uyga tunda kelarmishsan,
Onam bergan tanbehlarga kularmishsan.
Endi o`zing har narsani bilarmishsan,
Dono ukam, ayt so`zingga kiray men ham,
Ukam bor, deb ko`ksim kerib yuray men ham.

Ukam, ukam, jonim ukam,
Mening mehribonim ukam.
Ukam, ukam, jonim ukam,
O`zing qadrdonim ukam.

Eh ukam, ukam, jonim ukam,
Mening mehribonim ukam.
Ukam, ukam, jonim ukam,
O`zing qadrdonim ukam.

Sen mengamas, men ham senga suyanayin,
Suyanchig`im bor-da, deya suyinayin.
Qachongacha yosh bola deb kuyinayin,
Nima darding bor, ayt mana turay men ham,
Ukam bor, deb ko`ksim kerib yuray men ham.

Sen shoh bo`lgin, mayli vazir bo`lay o`zim,
Aka desang, shu dam hozir bo`lay o`zim.
Omadingni ko`rsa quvnab ketsin ko`zim,
Topganingga imoratlar quray men ham,
Ukam bor, deb ko`ksim kerib yuray men ham.

Ukam, ukam, jonim ukam,
Mening mehribonim ukam.
Ukam, ukam, jonim ukam,
O`zing qadrdonim ukam.

Eh ukam, ukam, jonim ukam,
Mening mehribonim ukam.
Ukam, ukam, jonim ukam,
O`zing qadrdonim ukam.

Yaxshi o`qib, ilmu-hunar egasi bo`l,
Mayli so`ngra onajonim erkasi bo`l.
Otamizdan qolgan uyning ertasi bo`l,
Kel, hotirjam davru-davron suray men ham,
Ukam bor, deb ko`ksim kerib yuray men ham.

Eee, ukajonim, jonim ukam,
O`zing mehribonim ukam.
Ukajonim, jonim ukam,
Mening qadrdonim ukam.

Oh, ukam, ukam, jonim ukam,
O`zing mehribonim ukam.
Ukajonim, jonim ukam,
Mening qadrdonim ukam.

Главная » Слова песни » Qilichbek Madaliyev, Sanjarbek Madaliyev - Ukam | Текст песни