Firuz Ruzmetov - Shoir bo'ldim | Текст песни
5 0
Караоке
Слова песни исполнителя Firuz Ruzmetov. Читайте текст онлайн с любого устройства — легко и удобно!

Firuz Ruzmetov - Shoir bo'ldim | Текст песни

Текст песни


Bitsam she'rlar muhabbatdan
Ahvoli tang ekan demang
Tiyilinglar bas g‘iybatdan
Kuygan yurak, bag‘rim yemang

Kambag‘alda yo‘q-da qadr
Muhabbatdan chekib jabr
Qaddim sira ko‘tarolmay
Qilayapman zo‘rg‘a sabr

Ex ko‘nglimning ovunchog‘i
Endi boylar o‘yinchog‘i
Qayda qoldi senga bergan
Sevgimizning ko‘zmunchog‘i? (2x)

She'rlarimni olib boring
O‘qib meni eslab yursin
Ayting, mashxur bo‘ldi yoring
Kimsiz qolganini ko‘rsin
Qayting demang endi o‘ldim
Baribir qaytib borolmasdim
Dastingizdan shoir bo‘ldim
Eplab maktub yozolmasdim (2x)

Ota-onang yuzin burdi
Kambag‘al deb yerga urdi
Onangga ayt siz haydagan
Yigitga ham omad kuldi

Yurmadim taqdirdan nolib
Bu dunyoda yorsiz qolib
Yodga tushsang ovunarman
Alamimni she'rdan olib

Ayting, siz ham suyganmidiz?
Kambag‘aldan kuyganmidiz?
Narx belgilab qizingizga
Boylarga deb tug‘ganmidiz? (2x)

She'rlarimni olib boring
O‘qib meni eslab yursin
Ayting, mashxur bo‘ldi yoring
Kimsiz qolganini ko‘rsin
Qayting demang endi o‘ldim
Baribir qaytib borolmasdim
Dastingizdan shoir bo‘ldim
Eplab maktub yozolmasdim (3x)

Комментарии (0)
Добавить
Если вдруг заметили опечатку, или просто хотите подправить что-то, не стесняйтесь и пишите в комментариях. Мы все тут за безупречный текст!

АудиоТекст » Слова песни » Firuz Ruzmetov - Shoir bo'ldim | Текст песни