Jaloliddin Ahmadaliyev - Бевафо дил | Текст песни

Sizga yor-yor aytilgan kunda
Ishqqa qalbdan qabr o‘yganman
Kechib sizdek baxti butundan
Ko‘changizga kirmay qo‘yganman

Ko‘ksimga dod to‘ldirgan o‘sha
Holim telba bo‘ldirgan o‘sha
Ilk ishqimni o‘ldirgan o‘sha
Ko‘changizga kirmay qo‘yganman

Bevafo dil, bevafo yor
Bevafo bu dunyo
Bevafo dil ekan, bevafo yor ekan
Bevafo asli bu dunyo

Bevafo dil, bevafo yor
Bevafo asli bu dunyo
Bevafo dil ekan, bevafo yor ekan
Bevafo asli bu dunyo

Tunlar kezib oylarim tolgan
Yoshlik davrim zor yig‘lab qolgan
Boshimga ming balolar solgan
Ko‘changizga kirmay qo‘yganman

Yoz yoz demay, qishni demay qish
Kezganim rost vaslingiz tashvish
Qarichiga qadamim tanish
Ko‘changizga kirmay qo‘yganman

Unutganman lek yodimdasiz
Qishloqdagi eng chiroyli qiz
Mendan qolgan qancha iz
Ko‘changizga kirmay qo‘yganman

Bevafo dil, bevafo yor
Bevafo bu dunyo
Bevafo dil ekan, bevafo yor ekan
Bevafo asli bu dunyo

Bevafo dil, bevafo yor
Bevafo asli bu dunyo
Bevafo dil ekan, bevafo yor ekan
Bevafo asli bu dunyo


Главная » J » Jaloliddin Ahmadaliyev » Jaloliddin Ahmadaliyev - Бевафо дил | Текст песни