Ozoda - Soxta Do'st, текст песни
0 0
Караоке
Слова песни исполнителя Ozoda. Читайте текст онлайн с любого устройства — легко и удобно!

Ozoda - Soxta Do'st, текст песни

Текст песни


Tilingiz boshqayu, dilingiz boshqa,
Manzilingiz boshqa, yo`lingiz boshqa.
Ajab, oyoq boshqa, izingiz boshqa,
Charchamadingizmi soxtalikdan, do`st?

Minnat yashiringan xizmatingizda,
Hushyor turish kerak suhbatingizda.
Xatar bor har bitta g`iybatingizda,
Charchamadingizmi soxtalikdan, ey do`st?

Xatar bor har bitta g`iybatingizda,
Charchamadingizmi soxtalikdan, ey do`st?

Azaldan deydilar, azaldan azal:
Nomard soxta do`stdan, mard dushman afzal.
Azaldan deydilar, azaldan azal:
Nomard soxta do`stdan, mard dushman afzal.

Havo yetmay qoldi havodan menga,
Oy ko`rinmay qoldi samodan menga. (x2)
Gunoh yasadingiz xatodan menga,
Charchamadingizmi soxtalikdan, ey do`st? (x2)

Azaldan deydilar, azaldan azal:
Nomard soxta do`stdan, mard dushman afzal.
Azaldan deydilar, azaldan azal:
Nomard soxta do`stdan, mard dushman afzal.

Zo`raki jilmayib yonimga kelmang,
Sizga mehribonman, hamdardman, demang! (x2)
Iltimos, hech qachon g`amimni yemang,
Charchamadingizmi soxtalikdan, ey do`st? (x2)

Men charchadim rosti, siz ham tin oling,
Niqobni yangilang, eskisin soting. (x2)
Ikki xil yuzisiz bitta hayotning,
Charchamadingizmi soxtalikdan, ey do`st? (x2)

Azaldan deydilar, azaldan azal:
Nomard soxta do`stdan, mard dushman afzal.
Azaldan deydilar, azaldan azal:
Nomard soxta do`stdan, mard dushman afzal. {x2}

  • Исполнители: Ozoda
  • Просмотров: 126

Комментарии (0)
Добавить
Если вдруг заметили опечатку, или просто хотите подправить что-то, не стесняйтесь и пишите в комментариях. Мы все тут за безупречный текст!

АудиоТекст » Поп-музыка » Ozoda - Soxta Do'st, текст песни