Bojalar - G'ayra-g'ayra текст песни
0 0
Караоке
Слова песни исполнителя Bojalar. Читайте текст онлайн с любого устройства — легко и удобно!

Bojalar - G'ayra-g'ayra текст песни

Текст песни


Jononga bordim bir kecha,
Sog‘inib jonim ming kecha.
Yurakdan urdi shu qizcha,
Oshig‘i ko‘p ekan, bir necha.

Qoshi qora, ko‘zlari qora,
Qalbimni ochdim mana, qara.
Yoningda turibman mana-mana,
Bunchalar go‘zal, go‘zalsan-a?!

G‘ayra-g‘ayra dam-badam,
Oromijonimsan mani.
G‘ayra-g‘ayra dam-badam,
Shirinzabonimsan mani. (x2)

Jononga bordim bir kecha,
Qadam bosib astogina.
Jonon yotur noz uyquda,
Chertdim eshik astogina.

Yana keldim, oh shu kecha,
Akang quvladi mani tonggacha.
Keldim yana man loylar kecha,
Akangni quvlatgani tonggacha.

G‘ayra-g‘ayra dam-badam,
Oromijonimsan mani.
G‘ayra-g‘ayra dam-badam,
Shirinzabonimsan mani. (x2)

Nega qizlar bunaqa? Doim o‘zini oladi.
Ayrim qizlar shunaqa, taroziga soladi.
Uyim-joyim deydigan ro‘zg‘orbop zo‘r bolaman,
Agar manga ko‘nmasa, sekin surib qolaman.
Yengil surib qolaman! Bo‘lavaradimi?

Olma pishganda galing,
Tagina tushganda galing.
Orqa sochi jamalak,
Belina tushganda galing.

Galing depam aytmiyman,
Galmang depam aytmiyman.
Agar yor-yor aytsangiz,
Ko‘ngila tushganda galing.

G‘ayra-g‘ayra dam-badam,
Oromijonimsan mani.
G‘ayra-g‘ayra dam-badam,
Shirinzabonimsan mani. (x2)

  • Исполнители: Bojalar
  • Просмотров: 61

Комментарии (0)
Добавить
Если вдруг заметили опечатку, или просто хотите подправить что-то, не стесняйтесь и пишите в комментариях. Мы все тут за безупречный текст!

АудиоТекст » Поп-музыка » Bojalar - G'ayra-g'ayra текст песни