Sardor Tairov - Naryog'i yo'q | Текст песни
2 0
Караоке
Слова песни исполнителя Sardor Tairov. Читайте текст онлайн с любого устройства — легко и удобно!

Sardor Tairov - Naryog'i yo'q | Текст песни

Текст песни


Taqdir menga tutgan nonning
Kepagi ko‘p, saryog‘i yo‘q
Xoh ishonmang, xoh ishoning
Bir sevdim-ki naryog‘i yo‘q

Dumin ushlatmaydi visol
Tutsam baxtning barmog‘i yo‘q
Uvol bo‘ldim, faqat uvol
Zor bo‘ldim-ki naryog‘i yo‘q

Bir sevdim-ki naryog‘i yo‘q
Tutsam baxtning barmog‘i yo‘q
Uvol bo‘ldim, faqat uvol, faqat uvol
Zor bo‘ldim-ki naryog‘i yo‘q, naryog‘i yo‘q (2x)

Sevgiga arz bitay desam
Ijtimoiy tarmog‘i yo‘q
May o‘rniga ichib qasam
Mast bo‘ldim-ki naryog‘i yo‘q

Bu dunyoning ishi chigal
Boshi taqr, tarog‘i yo‘q
Uyqim o‘char yetti mahal
Tun uzun-ki naryog‘i yo‘q

Va'dalaring yo‘qmi yodda?
O‘zi qizlarning sog‘i yo‘q
Senga ishongan bir sodda
G‘ayratman-ki naryog‘i yo‘q

Bir sevdim-ki naryog‘i yo‘q
Tutsam baxtning barmog‘i yo‘q
Uvol bo‘ldim, faqat uvol, faqat uvol
Zor bo‘ldim-ki naryog‘i yo‘q, naryog‘i yo‘q (2x)

  • Исполнители: Sardor Tairov
  • Просмотров: 237

Комментарии (0)
Добавить
Если вдруг заметили опечатку, или просто хотите подправить что-то, не стесняйтесь и пишите в комментариях. Мы все тут за безупречный текст!

АудиоТекст » Поп-музыка » Sardor Tairov - Naryog'i yo'q | Текст песни