Munisa Rizayeva - Zolim | Текст песни

Kutganimda kelmading yor
Mening qadrim bilmading yor
Kerakmidi yo boshqasi?
Meni buncha qiynading yor?

Sog‘inganim bilmading sen
Jonim dedim kelmading sen
Qalbim azob tilib ketdi
Yo nazarga ilmading sen

Azoblar kelaverar ketma-ket, ketma-ket
Qiynog‘ing ortaverar ketma-ket, ketma-ket
Alamlar qiynayverar ketma-ket, ketma-ket
So‘ramaydi holim, bilmaydi zolim (2x)

Ketolmadim, kecholmadim yor
Sen yo‘q joyga qaytolmadim yor
Seni jondan sevishimni
Boshqalarga aytolmadim yor

Bildim sevgi yondiradi
Goh joningdan to‘ydiradi
Nima uchun, bilmam nega?
Sevmaganni sevdiradi?

Azoblar kelaverar ketma-ket, ketma-ket
Qiynog‘ing ortaverar ketma-ket, ketma-ket
Alamlar qiynayverar ketma-ket, ketma-ket
So‘ramaydi holim, bilmaydi zolim (2x)

Главная » Слова песни » Munisa Rizayeva - Zolim | Текст песни