Jaloliddin Ahmadaliyev - Келганмикан | Текст песни

Jaloliddin Ahmadaliyev - Келганмикан | Текст песни

Bu savdolar avval boshdan
Xato bipam kelganmikan?
Xurjun-xurjun armonlarim
Gado bilan kelganmikan?

To‘y kechasi yor-yor aytgan
Yangalar bir so‘rab ko‘ring
Yor uyiga kelin poshsha
Ibo bilan kelganmikan?
Kelganmikan?
Kelganmikan?
Kelganmikan?

Kuylayvering yolg‘onlarni
Rost deya yor-yorlar qilib
Bu qiz maning pok sevgimni
Xor etdi tor-morlar qilib

Dard ko‘rmagan yuragimni
Bejon-u bemorlar qilib
Kuyov to‘ra yuragiga
Shifo bilan kelganmikan?
Kelganmikan?
Kelganmikan?
Kelganmikan?

Aytay desam bitmas armon
Dardim to‘kilsa dostonlar
Tili bo‘lsa aytsin qani
Bu hiyobon, bu bo‘stonlar

Sham yoqsa yorishmay dil
Olam bo‘lsa zimistonlar
Go‘yo tundan quyosh chiqib
Ziyo bilan kelganmikan?

Siz dardimni tushunmaysiz
Tomoshoga ishqibozlar
Bu bevafo to‘yidagi
O‘landan bir iqtibozlar

Otash yongan jismimga u
Muzdan kiydirib liboslar
Andisha-yu odob degan
Sarpo bilan kelganmikan?
Kelganmikan?
Kelganmikan?
Kelganmikan?

Garchi zamon oshiqlarin
Eng asli eng nodiri edim
Baxtga navbat turganlarning
Va lekin eng oxiri edim

Shu qiz Zuhro bo‘lsa agar
Men yagona Tohiri edim
Go‘yo kuyov Tohir bo‘lib
Zuhro bilan kelganmikan?

Bo‘ldi endi sevman-a
Ko‘ngildan ketdi toqatlar
Bizga g‘urbat qulluq bo‘lsin
Unga baxt-u farog‘atlar

Faqat so‘ngi savolim shu
Bizga qilmay sadoqatlar
Yuragida axd-u paymon
Vafo bilan kelganmikan?
Kelganmikan?
Kelganmikan?
Kelganmikan?

Bu savdolar avval boshdan
Xato bipam kelganmikan?

Главная » Слова песни » Jaloliddin Ahmadaliyev - Келганмикан | Текст песни